Go‘zal tennischi orom olishi kerak
Italiyalik mashhur tennischi Roberta Vinchi keyingi mavsumda kortga chiqish masalasida bir qarorga kelgani yo‘q.
- Hozir mening yagona niyatim xordiq chiqarish va hayot go‘zalligidan bahra olish, - dedi 33 yoshli tennischi. - Men tennis tufayli uyimni erta tark etdi. Lekin bu o‘zini oqladi. Tennisdagi maqsadlarimni zabt etdim. Hozir mendan ko‘pchilik keyingi mavsum haqida so‘ramoqda. Men kamroq o‘ynab, ko‘proq dam olmoqchiman.
Shu o‘rinda, Vinchi faoliyatini tugatmoqchi emasligini ta’kidlash lozim. U kam sonli turnirlarda sifatli o‘yin namoyish etib, jahon reytingidagi mavqeini saqlab turmoqchi.

Fikrlar