Gulruhbegim zo‘r o‘ynadi

CHERY AUTO

Dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan 300 nafardan ziyod shaxmatchi ishtirok etgan musobaqada ayol-qizlar o‘rtasida hindistonlik Mahalakshmi va Gulruhbegim Tohirjonova o‘n imkoniyatdan olti yarimtadan ochko jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha mezbon shaxmatchiga birinchi, Gulruhbegimga ikkinchi o‘rin nasib qildi.

Tecno
Grossmeyster qizimiz Gulruhbegim Tohirjonova Hindistonda shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan "9th Chennai Open International Grandmaster Chess Tournament 2017 for Sakthi Group Dr.N.Mahalingam Trophy" xalqaro turnirida ayollar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada qatnashgan yana bir hamyurtimiz Sarvinoz Qurbonboeva besh yarim ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!