
Hech kim chetda qolmaydi
O‘tgan hafta Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabida imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida sport festivali o‘tkazildi.
Tadbirda tumanda joylashgan 3ta maxsus maktab-internatning 182 nafar o‘quvchi yoshlari sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol, voleybol, tosh ko‘tarish, engil atletika kabi turlari bo‘yicha ishtirok etishdi.
Festival yakunida ishtirokchilar tuman Bolalar-o‘smirlar sport maktabi ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Baxtiyor TOShTEMIROV.
Suratda: sport festivalidan lavha. Muallif olgan surat.
Fikrlar