Hindiston politsiyasi Mariya Sharapovani surishtirmoqda
Hindiston politsiyasi rossiyalik Mariya Sharapovani firibgarlikka aloqasi bor yo‘qligini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Mariya Sharapova hamda qurilish kompaniyasi Homesteadni hindistonlik Agarval Bavana sudga bergan edi.
Shu sababli ham hozirda hind politsiyasi tergov va surishtiruv ishlarini boshlagan. Politsiyaning ta’kidlashicha ish ochilgan va bunda Sharapovaning nomi bor.
Davogarning advokati har qanday reklamada ishtirok etgan shaxs yoki taniqli inson, reklama qilinayotgan kompaniyaning agenti hisoblanadi deya ta’kidladi.

Fikrlar