Humoyun Sultonov: Sanjar Fayziev bilan finalda o‘ynamoqchiman
Buxoroda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro turnirda Sanjar Fayziev va Humoyun Sultonov chorak finalga chiqdi.
Turnirning ikkinchi davrasida Humoyun Sultonov ukrainalik Vladislav Manafovni 7:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Sanjar Fayziev argentinalik Manuel Pena Lopezni 6:4, 6:1 hisobida engdi.
Shu tariqa Humoyun chorak finalda rossiyalik Evgeniy Tyurnevga qarshi kuch sinashsa, Sanjar yana bir rus tennischisi Konstantin Kravchuk bilan raqobatlashadi.

Fikrlar