
Ibragimovich "Milan"ga o‘tishga rozilik bildirdi
AQShning "Los-Anjeles" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich "Milan" bilan kelishuvga erishdi.
SportMediaset tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi “rossonerilar” bilan yarim yillik shartnoma imzolashga rozilik bildirgan. Uning yillik maoshi esa 2,2 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich uchun “Milan” begona emas. U 2010-2012 yillarda ushbu klub sharafini himoya qilgan va A Seriya chempionligi hamda Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar