Iguain «qovun tushirdi»

  • 17 iyun, 2017, 19:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain ijtimoiy tarmoqda jamoadoshi Dani Alves bilan xayrlashdi va biroz o‘tib, o‘sha qaydni o‘chirib tashladi.

«Sen bilan o‘ynash maroqli edi. Eng yaxshi tilaklarimni yo‘llab qolaman. Umid qilamanki, sen bilan yana bir jamoada o‘ynaymiz xali», – deb yozib qoldirdi Iguain o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Alvesning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yili nihoyasiga etadi. Braziliyalik himoyachi «keksa sinora»dan yangi shartnoma taklif qilinishini kutmoqda. Biroq jamoa bu ishni paysalga solmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!