Istomin Istanbulda irodasini namoyish etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Turkiyaning Istanbul shahrida start olgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.

Bugun Denis ikkinchi davradagi o‘yinini o‘tkazdi. Unga bu bosqichda rossiyalik Roman Safiullin raqiblik qildi. 2 soat 6 daqiqa davom etgan bellashuvda tennischimiz o‘z irodasini ko‘rsatib, ilk setda g‘olib bo‘lgan bo‘lsada, yakunda 3:6, 6:3, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Istomin chorak finalda Aleksandr Bublik(Qozog‘iston) - Simeone Bolleli(Italiya) qarama-qarshiligida g‘alaba qozongan tennischi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!