Istomin va Elgindan engil g‘alaba
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha Professional tennis uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup -2016" xalqaro turnirida hamyurtimiz Denis Istomin va Rossiya vakili Mixail Elgin juftlik bellashuvlarida yarim finalga chiqdi.
Birinchi raqamda saralangan bu juftlik chorak finalda yaponiyalik Yuya Kibi va janubiy koreyalik Sun Vu Kvon juftligiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda hamyurtimiz o‘z sherigi bilan birga oson g‘alabaga erishdi. 49 daqiqa davom etgan o‘yin 6:4, 6:1 hisobida Denis va Mixail foydasiga hal bo‘ldi.
Endi birinchi raqamda saralangan mazkur juftlik yarim finalda xorvatiyalik Ante Pavich va Xitoy Taypeyi vakili Ti Chen bilan bellashadi.

Fikrlar