Jahon chempioni super jang arafasida ringga ko‘tariladi
Super og‘ir vazn toifasining WBA versiyasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni kubalik Luis Ortis (26-0, 22 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 dekabr kuni britaniyalik Devid Allenga (9-1-1, 6 KO) qarshi o‘tkazadi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar qilgan.
Mazkur jangda Entoni Joshua (17-0, 17 KO) va Erik Molina (25-3, 19 KO) qarama-qarshiligi oldidan tashkil qilinadigan andekart janglari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli kubalik bokschi professional ringdagi so‘nggi jangini 16 noyabr kuni amerikalik Malik Skottga qarshi o‘tkazib, WBA versiyasi bo‘yicha mintaqalararo chempionga aylandi. U shu vaqtga qadar 26 jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba (22 nokaut) bilan yakunlagan.

Fikrlar