
"Jenoa" Pentekning narxini ma’lum qildi
Italiyaning “Jenoa” klubi “Barselona”, “Chelsi” hamda “Bavariya” qiziqish bildirayotgan polshalik hujumchisi Kshishtof Pentekning transfer narxini e’lon qildi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra genuyaliklar 23 yoshli futbolchini 60 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Pentek joriy mavsum “Jenoa” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 13 marta ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar