Jo-Vilfrid Tsonga endi maysa qoplamali kortlarda o‘ynay olmaydi
Frantsiyalik tennischi Jo-Vilfrid Tsonga joriy yilgi maysa qoplamali kortlarda o‘tadigan mavsumdagi barcha turnirlarni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Bunga sabab uning tizzasidan olgan jarohati bo‘lmoqda. Yaqinda u tizzasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Shu sababli ham tuproq qoplamali kortlardagi mavsumni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
Hozir Tsonganing so‘zlariga ko‘ra u iyun oyida Londonda o‘tadigan turnirda qatnashmoqchi. Lekin uning bu musobaqagacha tiklanishi so‘roq ostida turibdi.

Fikrlar