Kagava “Sevilya”ga yo‘l olishi mumkin

  • 25 avgust, 2018, 17:40
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Yaponiyalik futbolchiga La Liganing “Sevilya” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

El Desmarque nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, ispan klubi vakillari Kagava bilan uchrashib, bo‘lajak transfer borasida muzokaralar o‘tkazgan, biroq “sariq-qoralar” rahbariyati futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas.

29 yoshli futbolchi Germaniya kubogi doirasida “Groyter Fyurt” bilan kechgan o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Bizda markaziy pozitsiyada o‘ynadigan futbolchilar ko‘p. Ularning imkoniyatlarini bilamiz. Mavsum esa uzun.Har bir o‘yinchi biz uchun muhim, – deydi dortmundliklar ustozi Lusian Favr.

“Sevilya” Kagavani qo‘lga kirita olmasa, PSJ vakili Yulian Drakslerni xarid qilishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!