
Karatechilarimiz Hindistonda g‘olib bo‘ldi
Joriy yilning 16-23 yanvar kunlari Hindistonning Kalkutta shahrida an’anaviy karate bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 oltin, 9 kumush, 7 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.
Hindistonda o‘tgan nufuzli musobaqada qit’amizning 11 davlatidan kelgan karatechilar sovrinli o‘rinlar uchun bahslashdi. Unda ishtirok etgan 21 sportchimiz O‘zbekiston karate maktabi salohiyatini yana bir karra namoyish etdi.
Chempionatda Jahongir Abduvahobov, Muzaffar Hojiev, Hojiahror Ibrohimov, Mehrojiddin Jalolov, Umarxon Muhammadiev, Sanjar Ulashev, Omina Sulaymonova o‘z vazn va yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshtemir Po‘latov va Nodirxon Soliev ikki yo‘nalish bo‘yicha oltin medalga ega bo‘ldi.
Fikrlar