Karolina Plishkova uchinchi davrada
Rossiyalik tennischi Ekaterina Makarova Mayamida WTA tomonidan o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.
Karolina rus tennischisiga qarshi o‘tgan o‘yinda har ikkala setda bir xil 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
"Miami Open - 2018" turnirining uchinchi davrasida Plishkova ruminiyalik Sorana Kirstya, yoki tayvanlik Se Su-Veyga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar