
Karolina Kostner qisqa dasturda g‘olib bo‘ldi
Milan shahrida o‘tkazilayotgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatining ayollar o‘rtasida qisqa dastur bellashuvlari mezbonlar uchun ko‘ngildagidek yakunlandi.
Unda ishtirok etgan 31 yoshli mezbon sportchi Karolina Kostner 80,27 ball jamg‘arib, yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. Etakchidan biroz ortda borayotgan rossiyalik Aliga Zagitova hisobida 79,51 ball mavjud bo‘lsa, yaponiyalik Satako Miyaxara kuchli uchlikni yakunlab turibdi. 23 mart kuni bo‘lib o‘tadigan erkin dasturdan so‘ng bu yo‘nalishdagi jahon chempioni va sovrindorlar nomi aniqlab olinadi.
Fikrlar