Kevin Andersonning g‘alabasiga 14 eys kerak bo‘ldi

JAR vakili Kevin Anderson va frantsiyalik Adrian Mannarino "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining ilk davrasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Melburn shahrida o‘tgan ushbu o‘yinda g‘olib to‘rt setda aniqlandi. Uchrashuvda Kevin raqibini 6:3, 5:7, 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Chempionatda Andersonning navbatdagi raqibi,hindistonlik Prajnesh Gunnesvaranni ilk bosqichda 7:6, 6:3, 6:3 hisobida enggan amerikalik Frensis Tiafoning bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!