Klopp Vaydenfellerning xayrlashuv o‘yinida maydonga tushadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Dortmundning "Borussiya" jamoasi darvozaboni Roman Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushadi.

37 yoshli Vaydenfeller professional faoliyatini 2017/18 mavsumda yakunlagan. Uning hisobida nemis klubida 349 o‘yin bor bo‘lib, bu jamoada 16 mavsumni o‘tkazdi. Shulardan 7 mavsumini "Borussiya D"da Klopp qo‘l ostida o‘tkazgan.

Vaydenfellerning xayrlashuv uchrashuvi 7 sentyabr kuni "Signal Iduna Park"da bo‘lib o‘tadi. Kloppdan tashqari bu o‘yinda Mixael Ballak, Torsten Frings, Kevin Grosskroyts, Dede va Marsio Amorozo ham qatnashadi.

51 yoshli Klopp professional futbolchilik faoliyatida davomida 11 mavsum "Maynts" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!