
Koke: Marko Roysni "Atletiko"da ko‘rishni xohlardim...
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke “Borussiya” Dortmundning qaysi futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlashini aytdi.
“Roysni bizning jamoamizda o‘ynashini juda ham xohlardim. U ajoyib o‘yin uslubiga ega. Marko juda tezkor va yaxshi driblingga ega. Unga qarshi o‘ynash judayam qiyin. Lekin menga hammasidan ham uning sadoqatli ekani yoqadi. Unga ko‘plab grand klublardan jiddiy takliflar bo‘lgan, ammo u “Borussiya”da qolishni ma’qul ko‘rgan. Bunaqalar juda kam”, - deydi Koke.
Fikrlar