Konor Makgregor: Meyvezer mendan kuchli emas

  • 27.08.2017 10:13
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

AQShning Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenasida asr jangi sifatida etirof etilgan uchrashuv – UFC’ning ikki vazn toifasida mutlaq chempioni Konor Makgregor va boks bo‘yicha 5 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.

12 raunddan iborat mazkur jangning 10-raundida irlandiyalik sportchi bir qator zarbalar o‘tkazib yubordi va referi jangni to‘xtatdi. Bellashuv texnik nokaut bilan Meyvezer foydasiga hal bo‘ldi va u faoliyatidagi 50-g‘alabani rasmiylashtirdi.

Jang tugaganidan keyin Konor Makgregor bo‘lib o‘tgan bellashuvdan keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Ajoyib jang, ajoyib raqib. Mag‘lub bo‘ldim, ammo bu Floyd mendan kuchli degani emas. Uning texnikasi kuchli, mahorati bor. Meyvezer katta tajribasi evaziga g‘alaba qozondi, xolos”, – dedi irlandiyalik MMA jangchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!