Kristina Plishkova Vatandoshlarining ishonchini oqlay olmadi
Pragada o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida ruminiyalik Mixaela Buzarnesku chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu uchrashuvda Mixaela raqibini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Mixaela Buzarnesku "J&T Banka Prague Open" turnirining navbatdagi bosqichida avstraliyalik Samanta Stosur va italiyalik Kamila Jorji uchrashuvi g‘olibi bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Fikrlar