Kuchli raqib Ulug‘bekning zarbalaridan qiynaldi
Professional ringda dastlabki ikki jangini muvaffaqiyatli yakunlagan “Uzbek tigers” jamoasi a’zosi Ulug‘bek Haqberdiev navbatdagi uchrashuvini rossiyalik Pavel Mamontovga qarshi o‘tkazdi.
Ana xolos: Jang oldidan Ulug‘bekning raqibi o‘zgardi
Sakkiz raundlik jang keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Raqib professional ringda jang o‘tkazish bo‘yicha katta tajribaga ega ekaniga qaramay, o‘zbek bokschisining ko‘plab zarbalarini o‘tkazib yubordi.
Uchrashuvda to‘liq ustunlikka erishgan Ulug‘bek Haqberdiev ketma-ket uchinchi g‘alabasini nishonladi.

Fikrlar