Kurash olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritiladi
O‘zbek milliy kurashi 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda kurash Xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun Al Hakim At Termiziy xotira turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillariga e’lon qildi.
– Shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, kurash 2018 yilda Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin oldi.

Shuningdek, hurmatli amaldor kurashning Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olishi borasidagi savolimzga ham javob berdi.
– Biror sport turining olimpiya o‘yinlariga kiritilishi judayam murakkab masalalardan hisoblanadi. Biz ayni damda ushbu sportni olimpiadaga kiritishning amaliy bosqichidamiz. Umid qilamanki, kurash 2028 yilgi olimpiada dasturiga kiritiladi. Biroq bu yakuniy qaror degani emas.

Fikrlar