Kurtua Mourin'yo bilan munosabatlari haqida gapirdi
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan avvalgi hamkorligi haqida fikr bildirdi.
Belgiyalik posbon portugalik mutaxassis bilan "Chelsi"da birga ishlaganini eslab, o‘zaro munosabatlari doimo yaxshi bo‘lganini ta’kidladi.
"Bizning oramizda ba’zan kichik tortishuvlar ham bo‘lib turardi (kuladi).
Masalan, u meni "Everton"ga qarshi o‘yinda zahirada qoldirgan. Sababi, undan oldingi "Aston Villa"ga qarshi bahsda ikki marta qanotdan uzatilgan to‘pni yaxshi nazorat qila olmagan edim.
Bu uning meni rag‘batlantirish va reaktsiyamni ko‘rish usuli edi.
Keyingi hafta "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda yana asosiy tarkibda maydonga tushdim va besh-oltita hal qiluvchi seyvni amalga oshirdim.
Mourinyo juda to‘g‘riso‘z murabbiy. Men ham shundayman. Shuning uchun munosabatlarimiz har doim juda yaxshi bo‘lgan", — dedi Kurtua.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo yaqinda "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan va u ikkinchi bor madridliklar jamoasini boshqarmoqda.

Fikrlar