Laylo bosh sovringa yaqinlashmoqda
Qozog‘istonda yosh tennischilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Laylo Bahodirova bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.
Yakkaliklar o‘rtasida ikkinchi raqamda saralangan Laylo Bahodirova chorak final uchrashuvida rossiyalik Alyona Nikishina bilan raqobatlashdi. Bellashuvda raqibidan har jihatdan ustunligii namoyish etgan ham yurtimiz 6:0, 6:3 hisobida tezkor g‘alabaga erishdi.
Juftlik bellashuvlarida Laylo Bahodirova va Milana Maslenkova Rossiya vakillari - Aleksandra Mironova hamda Alyona Nikishina duetidan 7:5, 6:0 hisobida ustun keldi va finalga chiqdi.

Fikrlar