
"Liverpul" hujumchisi APLning boshqa bir klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Angliyaning "Liverpul" klubi forvardi Divok Origi faoliyatini "Vulverxempton"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli belgiyalik futbolchiga doimiy o‘yin amaliyoti kerak, "Vulverxempton" esa mahoratli hujumchiga muhtoj. Aynan shularni inobatga olganda ushbu ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda Origining transferi qishda amalga oshishi mumkin. Uning transferi esa "Vulverxempton"ga taxminan 20 mln funtga tushishi mumkin.
Fikrlar