"Liverpul" hujumchisi "Uotford"ga o‘tishi mumkin

  • 29 iyul, 2018, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi hujumchisi Divok Origi kelasi mavsumni "Uotford" jamoasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Mirror nashri.

Tecno

Manbada yozilishicha, "Uotford" belgiyalik futbolchini bir yil muddatga ijaraga olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, ushbu futbolchining xizmatlariga "Uotford"dan tashqari "Nyukasl Yunayted" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Bu jamoa Origini 2017 yil yozida ham ijaraga olmoqchi bo‘lgan, ammo o‘shanda futbolchining o‘zi "Volfsburg"ga ketishni afzal bilgan.

Origi "Liverpul"ga 2014 yilda "Lillya"dan kelgan va faoliyatini o‘sha erda boshlagan. O‘tgan mavsum 23 yoshli hujumchi "Volfsburg" safida 31 o‘yinda 6 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!