
Lopetegining haloskori kim?
26 yoshli Isko “Atletik”ga qarshi bahsda maydonga tushganidan uch daqiqa o‘tar-o‘tmay jamoasi uchun gol urdi. Bu bilan u yakunda Xulen Lopetegini mag‘lubiyatdan qutqargan bo‘lib chiqdi. Xo‘sh, asosiy tarkibda unga mos pozitsiya tanlash qiyin bo‘lib kelgan bir vaqtda aynan u hal qiluvchi futbolchi bo‘ladimi?
Iskoni “Real Madrid”ning uch kishilik hujumchilari orasiga qanday sig‘dirish muammosi hali hamon o‘z echimini topa olmay kelmoqda, andalusiyalik sehrgar esa buni o‘z o‘yinlari bilan qayta va qayta talab qilib kelmoqda.
“Los Blankos”ni La Liganing yangi mavsumidagi dastlabki mag‘lubiyatidan saqlab qolish uni tushirishganidan uch daqiqa o‘tib Isko “San-Mames”dagi o‘yinni 1-1 ko‘rinishiga olib keldi.
Iskoning zaxiradan tushib o‘zini ko‘rsatgani madridliklar ustoziga “Barselona”dan chempionlikni qaytarib olishda unga bemalol suyanishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Bosh murabbiy uning xizmatlaridan Ispaniya termasida ancha faol foydalanganiga qaramay, “Qirollik klubi”da unga asosiy tarkibdan joy topishda qiyinchilikka uchramoqda.
Lopetegi Mundial arafasida “Real” boshqaruviga o‘tmaganida so‘zsiz Isko uning Rossiyadagi muhim quroliga aylangan bo‘lardi.
O‘tgan mavsumda “Santyago Bernabeu”da Isko Zinedin Zidanni asosiy tarkibda muntazam tarzda tushishga loyiqligini isbotlashda qiynalgan bo‘lsada, Lopetegining “qizil Furiya”sida mukammal pleymeykerga aylangandi.
Murabbiy Isko bilan o‘n yildan beri yaxshi tanish. 26 yoshli futbolchi Ispaniyaning yoshlar termasida birga faoliyat yuritgan. Jahon Chempionati uchun o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida esa u Italiya va Argentinani yutishda katta hissa qo‘shgandi.
Shunga qaramay, Lopetegi “Real”da muntazam o‘ynatishdan bosh tortmoqda. La Liganing atigi ikki uchrashuvi – “Xetafe” va “Jirona”ga qarshi uchrashuvlarda Iskoga imkoniyat berdi.
Shuningdek, yarim soat vaqt “Leganes”ga qarshi uchrashuvda berildi. “San Mames”da esa Muniainning goli ortidan yutqazayotgan “Atletik”ni qutqarib qoldi.
“Malaga”ning sobiq yarim himoyachisi 61-daqiqada maydonga tushib, 64-daqiqada oradagi muvozanatni yo‘qqa chiqargan edi.
Garet Beylning ajoyib tarzda oldinga tashlanishi oqibatida jarima maydonchasida yolg‘iz qolgan Isko boshi bilan ajoyib tarzda zarba yo‘llab hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda Benzema jarima maydonchasida nima qilishni bilmay yurgan bir paytda katta sahnaga Isko chiqdi. Iskoda bundan tashqari madridliklarning 100 % lik rekord o‘rnatishiga boshqa imkoniyat bo‘lmadi.
Lopetegi esa muhim o‘yinlarda tarkibni rotatsiya qilish kerakligi bilan izohladi. Ammo haqiqat shuki, Iskoni uchta hujumchi bilan asosiy tarkibga qanday kiritish kerakligi masalasi bo‘lib turibdi.
Beylning jarohat olib safdan chiqqan paytida Zidan 4-4-2 romb sxemasida Iskoni ilk daqiqalardanoq maydonga tashlardi va bu reja ish berardi. Biroq Lopetegi hujumning oldingi chizig‘ida Beyl, Marko Asensio va Karim Benzemalarni birga o‘ynatishni istamoqda.
Madridliklarning 22-raqamli vakili kecha muammo emas aynan echim ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Taxmin qilish mumkinki, endi barchasi uning foydasiga ishlaydi.
Fikrlar