
"MYu" de Xeani "Real"ga sotishga tayyor, agar...
“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa darvozaboni David de Xeani “Real”ga sotib yuborishga tayyor. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, mankuanliklar allaqachon ispaniyalik darvozabon o‘rniga munosib nomzodlarni topib qo‘ygan. Samir Xandanovich va Janluiji Donnarumma shular jumlasidandir.
Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha “qizil iblislar” rahbariyati “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosni o‘z safida ko‘rmoqchi va bu ayriboshlash de Xea transferining bir qismiga aylanishi mumkin. Germaniyalik futbolchi “MYu”da uzoq muddat maydon markazida o‘ynab kelgan Maykl Kerrikning o‘rnida harakat qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari Joze Mourino “MYu”ga “qirollik klubi”dan Kazemironi ham olib kelishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, “Real” hozircha bu futbolchisini sotishni istamayapti.
Fikrlar