
“MYu”da Ueyn Runidan sardorlik bog‘ichi olib qo‘yildi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsum oldidan jamoa hujumchisi Ueyn Runi boshqa klubga o‘tib ketishiga umid qilmoqda.
“MYu” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanagn Ueyn Runi klub sardori hisoblanadi, ammo portugaliyalik mutaxassis yangi mavsumda Maykl Karrik sardor bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, vitse-sardor sifatida Ander Errera tayinlandi.
Katta ehtimol bilan angliyalik futbolchi o‘zi tarbiyalangan “Everton” klubiga o‘tib ketadi.
Fikrlar