"Manchester Siti" "Borussiya" Dortmunddagi sobiq futbolchisini qayta sotib olish huquqiga ega

  • 11.10.2018 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi “Borussiya” Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni sotib olish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

Gap shundaki, 18 yoshli angliyalik futbolchi nemis grandi safiga 2017 yil 8 million evro evaziga aynan “shaharliklar” safidan ko‘chib o‘tgan. O‘shanda “Borussiya” va “Manchester Siti” o‘rtasida imzolangan transfer kelishuviga ko‘ra kelajakda ingliz klubi futbolchini qayta sotib olish huquqi belgilab qo‘yilgan.

Ta’kidlash kerakki, Sancho Bundesliganing o‘tgan 7ta turining barchasida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Unga ayni damda «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Liverpul», «Tottenxem» va «Chelsi» kabi ingliz grandlaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!