“Manchester Siti” yana bir yirik transferni amalga oshirmoqchi
“Manchester Siti” yozgi transferlar derazasi yopilguniga qadar yana bir yirik transferni amalga oshirishi mumkin.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola yangi mavsum boshlangunicha "Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Yulian Vayglni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi. Ta’kidlash kerakki, 22 yoshli nemis futbolchisini qo‘lga kiritish uchun “Siti”da bor yo‘g‘i 3 kun muddat bor. Chunki, aynan 3 kundan so‘ng Angliyada transfer derazasi yopiladi.
Ma’lumot uchun, Vaygl o‘tgan mavsum dortmundliklar safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushib raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar