Mariya Sharapova: Chorak finalga chiqishni bir yil kutdim
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova "Mutua Madrid Open" turnirining uchinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
U ushbu bosqichda frantsiyalik Kristina Mladenovichga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:3, 6:4 hisobida g‘olib bo‘ldi. Endi Sharapova chorak finalda gollandiyalik Kiki Bertenga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Mariya WTA turnirlarining chorak finalida so‘nggi marotaba yanvar oyida o‘ynagan. "Premera" musobaqalarida esa bir yildan ko‘proq vaqt davomida ushbu bosqichga chiqa olmagan edi.

Fikrlar