Mariya Sharapova: Elena Ostapenkoni sabrsizlik bilan kutmoqdaman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Rimdagi turnirning chorak finalida latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi o‘tadigan o‘yindan nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.

" Rimja ko‘ngildagidek ishtirok etmoqdaman deya olaman. Bu erda o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Men bu tuyg‘ularni qanday his qilayotganimni so‘z bilan tushuntira olmayman. Hozirda men har bir o‘yinga o‘zgacha ruhda tushmoqdaman. To‘g‘ri Madrid va Rimdagi turnirlarda bir maromda o‘ynash qiyin biroq men hamma qiyinchilikka tayyorman.

Ostapenkoga qarshi o‘yin jiddiy bo‘ladi. Men uni qanday o‘ynashini bilaman. U so‘nggi yillarda ajoyib yutiqlarga erishdi. Ayniqsa, u qum qoplamali kortlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Avval u bilan o‘ynamaganman. Shu sababli ham Elenaga qarshi bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", – deydi Sharapova.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!