Mariya Sharapova: Tanam 20 yoshimdagidek emas!

  • 10 dekabr, 2018, 10:12
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Rossiyalik Mariya Sharapova turnirlarda bir maromda va ko‘proq ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

" Bir maromda yuqori o‘yin ko‘rsatish oson emas, ayniqsa sen g‘alaba nashidasi nimaligini bilsang va musobaqalarda yuqori natijaga erishgan bo‘lsang. Sen eng yuqori pog‘onaga chiqqan bo‘lsang ham, asta-sekinlik bilan pastga qulayotganingni turnirlarda 4 va 3-davra bahslarida yakunlaganingda bilasan.

O‘sha vaqt sening tanang 20 yosh yoki o‘smirlik davringdagidek emasligini tushunasan. Biroq, hayotda tennisdan boshqa narsalar ham borligini o‘sha vaqtda tushunasan. Lekin men yangi mavsumda o‘z kuchimni qanday ishlatishni bilaman va ko‘proq musobaqalarda ishtirok etaman", – deydi Sharapova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!