Marko Roys Bundesligadagi 100-golini urdi
Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Marko Roys bugun "RB Leyptsig"ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zining Bundesligadagi 100-golini kiritdi.
E’tiborlisi, 29 yoshli futbolchiga ushbu natijani qayd etishi uchun jami 234ta o‘yin kerak bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Roys faoliyati davomida Bundesliganing faqat 2ta jamoa – “Borussiya” Myunxengladbax v “Borussiya” Dortmundlarda to‘p surgan.
Fikrlar