
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dona surishdi (foto)
Qomusimizning 25 yilligi arafasida respublika shaxmat federatsiyasida ajoyib turnir bo‘lib o‘tdi. Bu erga poytaxtdagi "SOS bolalar shaharchasi" o‘zining 2 ta jamoasi bilan tashrif buyurdi. Shuningdek, 22-hamda 23-Mehribonlik uylari ham o‘z "aql peshvolari"ni musobaqaga olib keldi.
Kichik turnirda 1-o‘rin "SOS bolalar shaharchasi"ning birinchi jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa ishtirokchilari Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Toshkent shahar filiali tomonidan taqdirlandi.
Fikrlar