Meyvezer va Makgregor misli ko‘rilmagan daromadga ega bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu yilning 26 avgust kuni Las-Vegas shahrida engilmas professional bokschi Floyd Meyvezer va aralash jang san’atlari ustasi Konor Makgregor o‘rtasidagi super to‘qnashuv tashkil etilishi e’lon qilindi.

 

Ma’lumotlarga qaraganda, bu jangdan har ikki jangchi 100 million AQSh dollari miqdorida daromad oladi. Boks tarixida ikki jangchi bunchalar ko‘p pul ishlab topgan vaziyat kuzatilmagan. 

Hisob-kitoblar natijasida ishtirokchilar va tashkilotchilar 500 million funt sterlingdan oshiq daromad qilishini ko‘rsatmoqda.

Muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan ushbu bellashuvni teletranslyatsiyasi Showtime, Sky Sports va BT Sports tarmoqlari o‘rtasida bo‘linadi.

Meyvezer-Makgregor jangi boks qoidalari asosida bo‘ladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!