"Miami Open - 2018" turnirida omadli tennischilar aniqlandi
Xabaringiz bor ATP tomonidan Mayamida erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha nufuzli turnirga start berilgan edi.
Bugun mazkur musobaqaning saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tennischilar nomi aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra Avstraliyalik Jon Millman va Aleks De Minaur, amerikalik Maykl Mmo va Born Fratanjelo, britaniyalik Kemeron Norri, braziliyalik Rojerio Dutra Da Silva va Barbadosa vakili Derian King asosiy to‘rga yo‘l oldi.
"Miami Open - 2018" turnirining birinchi davrasida ularga kim raqib bo‘lishi birozdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar