Milan "Inter" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortmoqda
“Inter” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Milan Shkrinyar bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” 23 yoshli slovakiyalik futbolchi uchun 2,5 million evro maosh taklif qilishmoqda. Biroq, u 3 million olishni istamoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, ayni damda Shkrinyarga "Barselona" va "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar