
Millatlar ligasi. Kimlar yarim finalga yo‘l oldi?
Bir necha daqiqalar oldin, UEFA Millatlar ligasi A-divizioni uchrashuvlari yakunlandi.
Guruh bosqichi natijalariga ko‘ra, yarim final bahslarida Gollandiya, Shveytsariya, Angliya va Portugaliya terma jamoalari kuch sinashishadi.
UEFA esa Millatlar ligasiga 3 dekabrda Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da qur’a tashlanishini e’lon qildi.
Yarim final va final uchrashuvlari esa kelgusi yil yozda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yarim final 1 – 5 iyunya
Yarim final 2 – 6 iyunya
3-o‘rin uchun o‘yin – 9 iyunya
Final – 9 iyunya.
Fikrlar