
Mohir mergan jurnalistlar aniqlandi
Ma’lumki, har yili 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan respublikamizning turli hududlarida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilish an’anaga aylangan.
Bu yil ham ushbu kun munosabati bilan Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi hamda o‘q otish federatsiya hamkorligida jurnalistlar o‘rtasida pnevmatik miltiqdan o‘q totish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
– Avvalambor, barcha jurnalist va OAV xodimlarini 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Mazkur musobaqani o‘tkazishdan maqsad OAV hamda sport jurnalistlarini sportga oid bo‘lgan mavzularni yoritishda ularning tajriba va ko‘nikmalarini boyitishdan iboratdir. Zero jurnalistlar sportchilarga qanchalik yoqin bo‘lsa, ular tayyorlaydigan maqolalar, reportajlar, ko‘rsatuvlar shunchalik jonli chiqadi. Sababi bu kichkina bo‘lsada tashkil qilayotgan musobaqalar ularni sportchidek his qilishlari uchun yordam berishiga umid qilamiz. Musobaqaning natijalaridan shuni angladikki, jurnalistlar orasida ham mohir merganlar talaygina. Biz bu bilan cheklanib qolmasdan shunaqa musobaqalarni ko‘proq tashkil qilishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. "Vatanparvar" tashkiloti nomidan OAV xodimlariga tinimsiz mehnatlari uchun tashakkurlar bildiramiz va kasb bayramlari bilan yana bir marta muborakbod etamiz. Ularga omad, sog‘liq-salomamlik, yaxshi kayfiyat tilaymiz, – deydi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktor o‘rinbosari Shokarim Shoumarov.
Kecha bo‘lib o‘tgan saralash bahslaridan so‘ng jami 16 nafar ishtirokchi (8 nafar erkak, 8 nafar xotin-qiz) final bosqichiga yo‘l olishdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar g‘oliblari:
- Yo‘ldoshev N. (Sport TV)
- Xonnazarov G‘. (Nuroniy gazetasi)
- Ortiqov Sh. (Sports.uz)
Xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar g‘oliblari
- Murtozaeva D. (Sport TV)
- Matyoqubova D. (Mahalla RK)
- Saidova D. (Sport TV)
Musobaqa so‘nggida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar