Morata – Sarrining ham “bosh og‘rig‘imi”?

  • 3 avgust, 2018, 18:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” hujumchisi Alvaro Morata klubga yangi bosh murabbiy kelganiga qaramay londonliklar murabbiyi, tizimi va o‘yin uslubi uchun katta muammo bo‘lib qolmoqda. Nima uchun jamoada qiyinchilikka uchramoqda? Quyida shu haqida fikr yuritamiz.

Taktik o‘zgarish bo‘lsa, bo‘lmasada, “Chelsi”ning mavsumoldi tayyorgarlik bosqichida ma’lum bo‘ldiki, Alvaro Morata klub hayotiga moslashib ketishda hamon qiyinchilikka uchramoqda.

“Ko‘klar”ning rekord transfer egasi o‘tgan haftani yangi tug‘ilgan egizaklari qurshovida o‘tkazgan bo‘lsada, maydonda gol urishning yo‘llarini topa olmayapti.

Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda ham ispaniyalik hujumchi bir qator imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Petr Chexga xatto penaltidan ham gol ura olmadi.

Ko‘pchilik “Real Madrid”ning sobiq futbolchisi bu yozda “Stemford Bridj”ni tark etishini, uning o‘rniga Maurisio Sarri Gonsalo Iguainni olib kelishini kutgan edi.

Biroq argentinalik hujumchi “Milan”ga ijara asosida ko‘chib o‘tganidan keyin Moratada qolish yo‘llari ko‘ringandek. Boz ustiga “Marsel” klubning boshqa bir zaxira hujumchisi Olive Jiru uchun qiziqish bildirmoqda. Biroq transfer bozori yakunlanishiga bir hafta qolganida yaxshi hujumchini topish qiyin. Shuningdek, klubning bu mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligi top hujumchini imzolashda muammo tug‘diradi.

Morata yil davomida atigi ikki gol urishga erishdi. Shunga qaramay u unga biron nima bo‘lmagandek o‘zini tutmoqda. Sarri har qanday hujumchidan mohirona foydalana olishi bilan tanilgan. Biroq so‘nggi o‘yinlarda hujumchining ko‘rsatgan natijalari Sarri ham hamkasbi Antonio Konte kabi qiyinchilikka duch kelishini ko‘rsatmoqda.

Morataning gol urish qobiliyatini yo‘qotishi klubdagi faoliyatida “qora chiziq” bo‘lib qolmoqda. Antonio Ryudigerning besh daqiqalik o‘yinida boshi bilan gol urishi mumkin, yoki yosh iqtidor egasi Kallum Xadson-Odoy asosiy tarkibga yorib kirishi mumkin. Bekorga o‘tgan mavsumda Evropaning grandlari unga qiziqish bildirmagan ekan.

“Chelsi” 17 yoshli hujumchiga besh yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Uning “Aviva Stedium”dagi ko‘rsatkichi tufayli Sarri uni asosiy tarkibga kiritish niyatida.

Xadson-Odoy Ektor Beleringa qarshi kam o‘ynagan bo‘lsada, uning yaratgan imkoniyatlari, penaltidan urgan goli Moratadan ancha durust o‘yin ko‘rsatgani bilan diqqatga sazovor.

Yana qaerdadir “Chelsi”ning yangi vakili Jorjinoning ajoyib uzatmalari “ko‘klar” tarkibiga tezroq moslashib ketishiga zamin hozirlamoqda. “Napoli”ning sobiq murabbiyi taktikalar o‘z mevasini ertaroq beradigan ko‘rinadi.

“Arsenal” ham birinchi bo‘limning ko‘p qismida “Chelsi”ni dog‘da qoldirishda qiyinchilikka uchradi. O‘tgan o‘yinda “to‘pchilar” “PSJ”ni 5-1 hisobida engib “Chelsi”ga ro‘baro‘ keldi va haqiqatdan bu safar ancha qiynaldi.

Unay Emeri shogirdlarida omad kelib-ketib turdi, biroq Aleksandr Lyakazettning ajoyib sport formasida ekanligi jamoani qutqarib qolmoqda.

“Chelsi” Lyakazett timsolida xuddi shunday hujumchiga ega bo‘lishni orzu qilmoqda, biroq Sarrining sabri hali uzoq davom etsa kerak.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!