Motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va birinchiligining ikkinchi bosqichi yakunlandi

BEPUL PROPAN

Navoiy shahrida motokross bo‘yicha yuzdan ortiq sportchilar o‘rtasida o‘tgan  O‘zbekiston chempionati va birinchiligining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Musobaqalarda qatnashchilar turli yosh toifalarida, ettita sinfdagi mototsikllarda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Natijalar (kuchli uchlikka kirgan sportchilar) bilan tanishing:

 9-11 yoshli sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 65 sm3 bo‘lgan mototsikllarda

         1-o‘rin: Jasurbek Samadov (Buxoro viloyati)
         2-o‘rin: Jasur Saparbaev  (Qoraqalpog‘iston respublikasi)
         3-o‘rin: Azmiddin Abduzairov (Surxondaryo  viloyati)

12-15 yoshli sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 85 sm3 bo‘lgan mototsikllarda

         1-o‘rin: Dadajon Tuychiev (Jizax viloyati)
         2-o‘rin: Abrorbek Jumanov (Toshkent viloyati)
         3-o‘rin: Doston Turaev (Buxoro viloyati)

16-18 yoshli sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 125 sm3 bo‘lgan mototsikllarda

         1-o‘rin: Ivan Zaytsev (Navoiy viloyati)
         2- o‘rin: Islam Uzakbaev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
         3- o‘rin: Nikita Silenko (Toshkent shahri)

18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 125 sm3 bo‘lgan mototsikllarda

         1-o‘rin: Andrey  Sazonov  (Toshkent viloyati)
         2-o‘rin: Denis Pertsev (Toshkent viloyati)
         3-o‘rin: Baxtiyor Axmedov ( Buxoro viloyati)

18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida ChZ rusumli mototsikllarda

         1-o‘rin: Shevket Suleymanov (Toshkent viloyati)
         2-o‘rin: Nikolay Sharabaev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
         3-o‘rin: Sergey Davletyarov (Toshkent shahri)

18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 500 sm3 bo‘lgan mototsikllarda

         1-o‘rin: Andrey  Sazonov (Toshkent viloyati)
         2-o‘rin: Bekzod Xalimboev (Buxoro viloyati)
         3-o‘rin: Shevket Suleymanov (Toshkent viloyati)

18 yosh va undan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasida dvigatel sig‘imi 750 sm3 bo‘lgan  (kalyaskali) mototsikllarda

         1-o‘rin: Sichyov Igor, Bazin Vladislav (Toshkent shahri)
         2-o‘rin: Xamid Karakulov, Jasur Mamanazarov (Surxondaryo viloyati)
         3-o‘rin: Oybek Cholov, Avazbek Sotvoldiev (Andijon viloyati)

Umumjamoa hisobida 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston birinchiligida Toshkent shahri vakillari birinchi, Toshkent viloyati vakillari ikkinchi, Surxondaryo viloyati sportchilari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

18 yoshdan katta bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston respublikasi vakillari birinchi, Buxorolik sportchilar ikkinchi, Navoiy viloyati vakillari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!