Mourino nega “MYu” transferidan norozi?
“Qizil iblislar” transfer bozori yakunlanishiga ikki hafta qolgan bir vaqtda o‘ta sust harakat qilmoqda va bu holat “Manchester Yunayted” bosh murabbiyini jahlini chiqarmoqda. Xo‘sh, nega “o‘zgacha” klubning olib borayotgan transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda?
Yangi mavsumlar odatda yangi optimistik fikrlarni olib keladi. Barcha yaxshi kunlar endi kelayotganiga umid qilib, ishonib ish boshlaydi. Biroq Joze Mourino yangi mavsum boshlanish arafasida optimistik qarashlardan yiroq. Uning jamoasi Los-Anjelesga mavsumoldi tayyorgarlik uchrashuvlarini o‘tqazish maqsadida kelib qo‘nganidan beri, murabbiy tarkibda bir qator muammolar o‘z echimini topmayotganini aytishdan charchamayapti.
Birinchisi, u Jahon Chempionatida uning shogirdlaridan etti nafari ishtirok etgani sababli ushbu yig‘inda qatnasha olmayotganidan norozi. “Mavsumoldi tayyorgarlik yomon holatda. Ijobiy tomoni faqatgina yosh bolalarning biz bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lgani, xolos.”
“Translyatsiya mutasaddilari juma kungi bahsda biz bilan yaxshi munosabatda bo‘lmadi. Bu esa ko‘p narsalarni murakkablashtirib yubordi. Men bezovtaman, chunki men asosiy tarkibni shug‘ullantirmayapman, Premer Ligaga ko‘plab futbolchilarimsiz tashrif buyuraman.”
Yana bir muhim jihat shuki, klub Mourino istagan yana ikki futbolchini olib kela olmayapti. “Bir tomondan men nimani istashim, boshqa tomondan nima yuz berayotgani. Menga yana ikki futbolchi kerak.”
Qolaversa, muammo yanada yirikroq. Oldinda qizining bitiruv kechasi, jarohatini qaytalab olgan Antonio Valensiya, Matteo Darmianni qo‘yib yubormasligi bo‘lsa, Eshli Yangning ta’tildan ertaroq qaytishi sal ko‘ngilni hotirjam qilishi mumkin.
Shu tariqa klub mavsumoldi tayyorganrlikning uch uchrashuvini durang bilan boshladi. “Milan”ga qarshi 10 futbolchidan ettitasi yo‘qligi tufayli Mou klub akademiyasi tarbiyalanuvchilariga ishonch bildirishdan boshqa chorasi qolmadi. Jahon Chempionatida javlon urgan “qizil iblislar” klub ixtiyoriga kelib qo‘shilganidan to‘rt kun o‘tib esa, “Old Traffor”da “Lester”ga qarshi Premer Liganing birinchi turi bo‘lib o‘tadi.
Bu masalaning bir tomoni. Boshqa tomoni esa klub yozgi transfer bozori tugashiga ikki haftadan kam vaqt qolayotgan bir paytda, yangi futbolchilarni olib kelishda qiyinchilikka uchramoqda va bu klub muxlislari va Mourinoning g‘azabiga sabab bo‘lmoqda.
Ancha vaqt oldin klub o‘z safiga Diogo Dalo va Fredni qo‘shib olgan vaqtda ko‘pchilik yangi transferlar ham shunday tezkorlik bilan amalga oshirilishiga umid qilgandi. Biroq uchinchi zaxira darvozaboni Li Grant kelganidan beri ishlar chappasiga ketmoqda.
Ed Vudvord va Mettyu Jadj olib borayotgan transfer siyosatida pul muammo tug‘dirmaydi. Gap faqat ularning o‘lchovli uslubni tanlaganida. Qolaversa, bunga Mundialning ta’siri va bu yildan boshlab transfer bozori muddati o‘zgargani ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Qizil iblislar” yana bir markaziy himoyachi va o‘ng qanot yarim himoyachisiga ehtiyoj sezmoqda. Bu ikki futbolchi o‘z pozitsiyasida tengsiz bo‘lishi kerak, klub mutasaddilari esa buni ro‘yobga chiqarishning hozircha uddasidan chiqa olmayapti.
Klub buning uchun “Tottenxem”dan Tobi Alderveyreldni olib kelmoqchi. O‘tgan yili ham Vudvord “Inter” etakchisi Ivan Perishichni olib kelolmagandi. Mourino esa o‘z xo‘jayinini o‘zining uslubida tanqid ostiga olgan edi: “Men istaganda u nega “Manchester Yunayted”ga kelmaganini bilmayman” – degandi portugaliyalik murabbiy. Bu safargi transfer siyosatidan keyin “MYu” bu tarkib bilan Premer Liga chempionligi uchun umuman kurasha olmaydi.
Agarda yaqin orada Vudvord klubga “o‘zgacha” aytgan transferlarni amalga oshirmasa, u aniq tanqidlar yomg‘irlar ostida qolib ketadi. O‘zining klubdagi uchinchi mavsumini boshlayotgan Joze Mourino butun qahr-g‘azabini klub rahbariyati tomon yo‘naltirishi aniq.
Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi
Fikrlar