Murodjon Axmadalievning chorak finaldagi raqibi ma’lum
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining saralash bahslari o‘z nihoyasiga etmoqda. Biroz avval 56 kilogramm vazn toifasidagi barcha saralash janglari bo‘lib o‘tdi va chorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi. .
Natijalarga ko‘ra, hamyurtimiz Murodjon Axmadaliev chorak finalda butanlik Nima Dorjiga qarshi jang qiladi. Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda Yunghan Han (Janubiy Koreya) – Simon Makaravi (Indoneziya) qarama-qarshiligi g‘olibi bilan final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati | Chorak final
May 3, 2017
Murodjon Axmadaliev (O‘zbekiston) – Nima Dorji (Butan)
Yunghan Han (Janubiy Koreya) – Simon Makaravi (Indoneziya)
Kairat Eraliev (Qozog‘iston) – Ryomei Tanaka (Yaponiya)
Gaurav Bidhuri (Hindiston) – Jiavey Jang (Xitoy)
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar