Musobaqada zo‘rlargina g‘olib bo‘ladi

CHERY AUTO

 

Tecno

Shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘layotgan O‘zbekiston chempionatining standart turi ham o‘z nihoyasiga etdi.

Aytish joizki, 7 turda o‘tkazilgan ushbu musobaqa juda qizg‘in tarzda o‘tdi. Respublikamizning turli go‘shalaridan tashrif buyurgan shaxmatchilarimiz peshqadamlik uchun bor iqtidorlarini ishga solib bellashishdi. Musobaqa chog‘ida shu narsa ayon bo‘ldiki, barcha ishtirokchilar oliy o‘rin egallash maqsadida kuchli hujumlar, taktikalardan foydalanishib, o‘z mahoratlarini yana bir bora isbotlab berishdi. Ammo musobaqada eng zo‘rlargina g‘olib bo‘ladi. Quyidagi qatnashchilar esa eng zo‘r sportchilar qatoridan joy egallashdi:

15 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Mexriddin Yo‘ldoshev;

2-o‘rin – Abdumalik Abdusalimov;

3-o‘rin – Suxrobjon Avalboev.

15 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Sitora Saparova;

2-o‘rin – Zebo Usmonova;

3-o‘rin – Marjona Malikova.

13 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Mirfayz Sunnatov;

2-o‘rin – Davron Sharipov;

3-o‘rin – Saidbek Qadamboev.

13 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Yuliya Xegay;

2-o‘rin – Dilrabo Ma’murova;

3-o‘rin – Durdona Jovlieva.

11 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Olmos Rahmatullaev;

2-o‘rin – Miraziz Ergashev;

3-o‘rin – Fayzullo Xalimjonov.

11 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Umida Omonova;

2-o‘rin – Mohinur Habibullaeva;

3-o‘rin – Dilnura Rabbimova.

9 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Akobirxon Saydaliev;

2-o‘rin – Abdulbosit Sharifjonov;

3-o‘rin – Humoyun Sindarov.

9 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Zilola O‘ktamova;

2-o‘rin – Muyassar Mirzaxmedova;

3-o‘rin – Odina Olimova.

7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1-o‘rin – Abdumalik Xalilov;

2-o‘rin – Usmon Nasullaev;

3-o‘rin – Saidnazar Ne’matjonov.

7 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin – Afruza Ro‘zimatova;

2-o‘rin – Mavluda Maxmudova;

3-o‘rin – Madina Xo‘jaboeva.

Sovrindorlarni tabriklab, so‘nggi – rapid turida ham ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

                                                                                                                            Irodabonu AVVALBOEVA tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!