Nadal "US Open"da g‘olib bo‘ldi(foto)
Jahonning birinchi raketkasi Rafael Nadal mavsumdagi so‘nggi "katta dubulg‘a" turkumidan o‘rin olgan turnir - US Open ning g‘olibiga aylandi.
Unga finalda JAR vakili Kevin Anderson raqiblik qildi. 2 soat 27 daqiqa davom etgan bellashuvda ispaniyalik tennischi 6:3, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va turnir g‘olibiga aylndi.
Shu tariqa, Nadal o‘zining "katta dubulg‘a"lardagi sovrinlari sonini 16 taga etkazib oldi.



Foto: ATP

Fikrlar