Namanganda sportga e’tibor kuchaymoqda

  • 4 may, 2018, 15:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tecno

Davlatimiz rahbari o‘z ma’ruzasi davomida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib, qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish harakatlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga e’tibor zarurligini ta’kidladi.

- Qishloq va mahallalarda bolalar sportini kuchaytirish zarur, chunki farzandlarimiz bog‘chadan boshlab sportga mehr qo‘ysa, sportni ommaviyligini oshirish va selektsiya ishlari kuchayadi. Namangandan yuzlab Odil Ahmedov va Murodjon Ahmadaliev singari taniqli sportchilar etishib chiqqan. Yosh bolalardan: “Kim bo‘lasan?” deb so‘rasangiz, “Men Odil Ahmedov, men Murodjon Ahmadaliev bo‘laman!” deb javob beradi. Oksana Chusovitina esa Ginnes kitobiga kiritilgan, uni butun dunyo taniydi. Yana shunday sportchilarni tarbiyalab chiqarishimiz kerak, - dedi prezident.

Darhaqiqat, viloyatda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga e’tibor kuchaymoqda. Yangi sport inshootlari va maydonlari qurilib, foydlaanishga topshirilmoqda. Sport turlari bo‘yicha Namangan viloyatida o‘tkazilayotgan mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalar soni ko‘paymoqda. Velotrek, gandbol, engil atletika, muaytay ustalari so‘ngngi haftalar mobaynida “gullar shahri” deb nom olgan shaharda to‘planib, chempionlarni aniqlashgani fikrimizni tasdiqlaydi.

Shu haftada Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov Chust tumanida stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-mashq yig‘inlari, suv polosi bo‘yicha Namangan shahrida o‘tkazilgan mamlakat chempionatini bevosita kuzatib, sportchilar va muxlislarga yaratilgan shart-sharoitlar, hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar xususida viloyat sporti mutasaddilari bilan atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!