"Napoli" "Borussiya"ni ishonchli hisobda engdi (video)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

​Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda neapolliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval 7-daqiqada Arkadiush Milik o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

29-daqiqada esa burchakdan etkazib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ygan Nikola Maksimovich hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa nemislar Maksimilian Filipp tomonidan kiritilgan gol tufayli hisobni qisqartirishga erishdilar. O‘yinga yakuniy nuqtani esa Xose Kalexon 90-daqiqada qo‘ydi - 3:1.

Quyida ushbu o‘yin videosharhi bilan tanishasiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!